Toshkent, O'zbekiston 24–26 Noyabr 2026

UZ Icon Pfeil Icon Pfeil

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi sizlarni Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Central Asia International Hardware Expo (CAIHE) xalqaro ko‘rgazmasida samimiy qutla

CAIHE

Hurmatli ko‘rgazma ishtirokchilari, mehmonlari va hamkorlari!

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi sizlarni Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Central Asia International Hardware Expo (CAIHE) xalqaro ko‘rgazmasida samimiy qutlaydi.

Mazkur ko‘rgazmaning o‘tkazilishi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi ishbilarmon doiralari uchun muhim voqea hisoblanadi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro biznes aloqalarini kengaytirishga qiziqish bildirayotgan ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, distribyutorlar, investorlar, tarmoq uyushmalari vakillari hamda dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan ekspertlarni bir maydonda kutib olishdan mamnunmiz.

Bugungi kunda O‘zbekistonda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, sanoatni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu o‘zgarishlar natijasida mamlakatimiz biznes yuritish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va Markaziy Osiyoning istiqbolli bozorlariga chiqish uchun tobora jozibador maskanga aylanib bormoqda.

Central Asia International Hardware Expo ko‘rgazmasi ishtirokchilarga o‘z mahsulotlari va texnologiyalarini namoyish etish, sohadagi dolzarb tendensiyalar bilan tanishish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi. Ishonchimiz komilki, biznes vakillari o‘rtasidagi bevosita muloqot savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, yangi hamkorliklarning yo‘lga qo‘yilishi va qo‘shma tashabbuslarning amalga oshirilishiga xizmat qiladi.

Mazkur loyihaning O‘zbekistonda o‘tkazilishi xalqaro biznes hamjamiyatining mamlakatimizga bo‘lgan yuqori qiziqishini hamda uning mintaqaning muhim iqtisodiy va logistika markazi sifatidagi roli tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mahalliy va xorijiy kompaniyalarga ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va biznes imkoniyatlarini kengaytirish borasida har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishda davom etadi.

Barcha ishtirokchilar va mehmonlarga sermahsul faoliyat, muvaffaqiyatli muzokaralar, istiqbolli shartnomalar hamda yangi professional yutuqlar tilaymiz.

 

O‘zbekiston Respublikasi

Savdo-sanoat palatasi


Aloqa

  • Ms. Zoey Yue
    +86-21-6390 6161 ext. 828
    zoey.yue@koelnmesse.cn

    Mr. Edward Gao
    Tel: +86 10 6590 7766-765
    Fax: +86 10 6590 6139
    Edward.Gao@koelnmesse.cn