Toshkent, O'zbekiston 24–26 Noyabr 2026

UZ Icon Pfeil Icon Pfeil

CAIHE mehmonlari, hamkorlari va ishtirokchilariga tabrik so‘zi

CAIHE


Hurmatli ko‘rgazma ishtirokchilari, mehmonlari va hamkorlari!

«Uzeltexsanoat» uyushmasi nomidan sizlarni Toshkent shahrida ilk bor o‘tkazilayotgan Central Asia International Hardware Expo (CAIHE) xalqaro ko‘rgazmasida samimiy qutlayman.

Bugungi kunda O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli dasturlar izchil amalga oshirilmoqda. Elektrotexnika sanoati milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri bo‘lib, maishiy texnika, kabel-o‘tkazgich mahsulotlari, elektrotexnika uskunalari, elektron komponentlar va boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi.

2025-yilda O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan jami qiymati 1,4 mlrd AQSH dollariga teng mahsulotlar eksport qilindi. Tarmoqning eksport geografiyasi 65 ta davlatni qamrab oldi, shu bilan birga mahalliy ishlab chiqaruvchilar Gana, Nigeriya, Yaman va Indoneziya kabi yangi xorijiy bozorlarga chiqishni davom ettirmoqda. Bu xalqaro hamkorlarning o‘zbek korxonalari mahsulotlariga qiziqishi ortib borayotganini hamda sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjudligini tasdiqlaydi.

CAIHE ko‘rgazmasining O‘zbekistonda o‘tkazilishi mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Ishonchim komilki, biznes vakillari, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va investorlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yangi tashabbuslar hamda uzoq muddatli o‘zaro manfaatli munosabatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ko‘rgazmaning barcha ishtirokchilari va mehmonlariga samarali ish, mazmunli uchrashuvlar, istiqbolli muzokaralar va belgilangan maqsadlarga erishishni tilayman.

Central Asia International Hardware Expo yangi hamkorliklar, innovatsion loyihalar hamda O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasida sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish uchun muhim boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qilsin.

 

M.M. Yunusov

«Uzeltexsanoat» Uyushmasi

Boshqaruv Raisi


Aloqa

  • Ms. Zoey Yue
    +86-21-6390 6161 ext. 828
    zoey.yue@koelnmesse.cn

    Mr. Edward Gao
    Tel: +86 10 6590 7766-765
    Fax: +86 10 6590 6139
    Edward.Gao@koelnmesse.cn